Payshanba, Aprel 25

Biznes

Qo‘qon shahrida yangi xalqaro ulgurji hom-ashyo va tayyor mahsulotlar savdo kompleksi barpo etiladi
Biznes

Qo‘qon shahrida yangi xalqaro ulgurji hom-ashyo va tayyor mahsulotlar savdo kompleksi barpo etiladi

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov "Mirus Textile Group" korxonasi prezidenti Aleksandr Romanov bilan korxona hudududida xalqaro ulgurji hom-ashyo va tayyor mahsulotlar savdo kompleksini qurish bo‘yicha loyihasini muhokama etdi. Aleksandr Romanov boshlang‘ich qiymati 8 million dollarga teng loyihaga sarmoya jalb etish bo‘yicha Belorussiya, Rossiya, Ozarbaydjon, Armaniston va Qozog‘iston rasmiylari bilan muzokaralar olib borganini ma’lum qildi. Loyiha doirasida xalqaro ko‘rgazmalar markazi, ichki va tashqi savdo rastalari, konferens zallar, kovorking markazlari, restoranlar, prezentasion xollar kabi biznes va infrastruktura obyektlari qurilishi rejalashtirilgan.
Qo‘qonda hufiyona iqtisodiyotga barham beriladi
Biznes, Siyosat

Qo‘qonda hufiyona iqtisodiyotga barham beriladi

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mutasaddilarga shahrimizdagi bozorlarda savdo qilayotgan tadbirkorlar faoliyatining qonuniyligini to‘liq nazoratga olish, tadbirkorlar o‘rtasida qonuniy faoliyat yuritish bo‘yicha tashviqot ishlarini olib borish, soliq tushumlarini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. "Tadbirkorlik faoliyatini "ochib-yopib"," boshlab-to‘xtatib", bir yilda 3-4 oy soliq to‘lab, o‘tkazish tajribasiga barham berilishi shart" dedi shahar hokimi. Sanoat bozorlarida qonun talablariga rioya etilishi Qo‘qon shahar prokurorining alohida nazoratida bo‘ladi.