Talabalar kitob o’qishni sevadimi?
Qo‘qon davlat pedagogika instituti "Milliy hunarmandchilik va amaliy san'at" fakultetida yoshlarimiz orasida oʻzlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish maqsadida oʻtkazib kelinayotgan "Zukko kitobxon" tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbirda, Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi yoʻnalishi 1-bosqich talabalari ishtirok etdi. Fakultet koordinatori talabalarga Sh.M.Mirziyoyevning "Milliy tiklanishdan, milliy yuksalish sari" asari hususida bir qancha maʼlumotlar berdi.